Jańalıqlar

📍 O‘rikzor mahallasida "Open byudjet" loyihasi natijalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova O‘rikzor mahallasida amalga oshirilgan "Open byudjet" loyihasi ijrosini o‘rgandi.

Loyiha doirasida mahalladagi 5 ta ko‘cha asfaltlashtirilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.

Fuqarolarning tashabbusi asosida hayotga tatbiq etilgan ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 4