Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan A.Navoiy mahallasida hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi ishtirokida ishchi uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, bandlikni ta'minlash, yoshlar bilan ishlash hamda hududni yanada obod etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, mutasaddilar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo'yicha kelishib olindi. Mahallada aniqlanadigan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish va fuqarolar manfaatini ta'minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 3