Jańalıqlar

Bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

📌 Bolalar maydonchasi holati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar tomonidan Zafar mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar o‘yingohi maydonchasining holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, maydonchaning obodonlashtirish holati, mavjud infratuzilma va undan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.