Jańalıqlar

oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich tashabbusi bilan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Babadjanova Dildora Xudayqulievna hamda Hazorasp tuman Kengashi deputati Karimova Xilola Qadamboevna tomonidan o‘zlari saylangan okrug hududi — Oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
📝Uchrashuvning samarali va yuqori saviyada tashkil etilishida Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash'al Islomovich amaliy yordam ko‘rsatdi.
👉Muloqot davomida mahalla fuqarolari tomonidan Avaz O‘tar ko‘chasining mavjud holati yuzasidan murojaat bildirilib, mazkur ko‘chani asfaltlashtirish yoki shag‘allashtirish masalasida amaliy yordam so‘raldi.
✅Deputatlar tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning murojaatlarini tinglash va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1