Jańalıqlar

DEPUTAT TOMONIDAN RASMIY MUNOSABAT

 Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati O’Bayjanova.tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi bo‘yicha munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil va pragmatik yo‘nalishda olib borilayotganini ko‘rsatadi.


Ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, O‘zbekistonning Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish
imkoniyatlarini oshirish nuqtai nazaridan ushbu tashrif strategik qadamdir.


Deputat sifatida bu tashrifni mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qiladigan, mintaqaviy barqarorlik va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus, deb baholayman.