Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" saylov okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Uchtepa tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi boshligʻi X.Miraxmedovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi. 

 ⚠️ O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevraldagi 903-sonli Qonuni bilan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida qator muhim vazifalar belgilab berilganligi hamda mazkur qonun ijrosini joylarda samarali tashkil etish, belgilangan talab va normalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

 ✍️ 903-sonli Qonun talablarini amalga oshirish bo‘yicha Ekologik inspeksiya tomonidan 2024–2025-yillar davomida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilganligi;

 ✍️ Qonun ijrosi doirasida o‘tkazilgan tekshiruvlar soni, aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot;

 ✍️ atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan jarimalar va boshqa ta’sir choralarining samaradorligi;

 ✍️ Qonun ijrosida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda kelgusida mazkur qonun talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan rejalashtirilgan ishlar bo'yicha asoslantirilgan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3