✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 15-okrug deputati K.Mamurova hamda Kengash kotibiyati xodimi G.Shodiyeva tomonidan “Obod” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni kamaytirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅Mahallada jami aholi soni 3705 nafar. 2 ta muammoli oila, nazoratda turgan 5 nafar shaxs bilan olib borilayotgan profilaktik suhbatlar va reabilitatsiya ishlarining samaradorligi o‘rganildi.
✅Hududda xavfsizlikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan o‘tkazilayotgan targ‘io‘bot tadbirlari natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi