Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashida deputat so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 19-noyabr kuni Senatning birinchi majlisida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi KQ-9-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Senatning 2025-yil 28-yanvardagi KQ-53-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, deputat so‘rovlari yuborish va ularning ijrosi ustidan nazorat yanada kuchaytirildi.

Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat, O‘zLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne'matjon qizining axboroti tinglandi.

2026-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan e-kengash.uz tizimi orqali jami 20 ta deputat so‘rovi yuborildi.

🔹Yo‘nalishlar kesimida:

Yo‘l harakati xavfsizligi – 4 ta

“Maxsustrans” bo‘limi – 1 ta

Elektr ta’minoti korxonasi – 2 ta

Qurilish, infratuzilma, ekologiya va obodonlashtirish masalalari – 8 ta

Ta’lim muassasalari (181 va 184-maktablar) – 2 ta

Ijtimoiy va ma’naviy soha – 1 ta

Mahalla tizimi – 1 ta

Kanal va hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi – 1 ta

2025-yil davomida jami 32 ta deputat so‘rovi yuborilgan bo‘lsa, 2026-yilning atigi birinchi choragidayoq bu ko‘rsatkich 20 taga yetdi. Bu esa deputatlik nazoratining faollashganini va hududiy muammolarni tizimli hal etishga e’tibor kuchayganini ko‘rsatadi.

2026-yil 1-chorak davomida yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari alohida muhokama qilindi. Bu borada mas’ul tashkilotlar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Deputat so‘rovlari — bu aholi muammolarini bevosita hal etish, davlat organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 2