Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Tuman Kengashi deputati O.Alimov saylovchilar ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda daromad manbalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan “ijtimoiy reestr”da ro‘yxatga olingan fuqarolar holati, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Ayniqsa, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3