Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

📥Bugun Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

🏛 Kosonsoy tuman Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalari muhokama qilindi;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 23.07.2021-yildagi o‘tkazilgan “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 38-sonli bayon ijrosini ta’minlash yuzasidan Kosonsoy tumani hokimi D. Kadirovning 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tumani prokurori, adliya maslahatchisi Q.Askarovning 2026-yil 1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-sonli hamda 18.03.2025-yildagi PQ–111-sonli qarorlari ijrosi doirasida qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i, polkovnik B.Qosimovning 2026-yil 1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-sonli hamda 18.03.2025-yildagi PQ–111-sonli qarorlari ijrosi doirasida qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

🔺 Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha 2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida Kosonsoy tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasining takliflari to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tumanining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ekologik “Master-reja”sini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 2026-yil 23-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida”gi VII-16-10-6-80-K/26-sonli qarori 1-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12.03.2026-yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-sonli qarori to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2025-yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi davlat muassasalarini o‘rganish yakunlari to‘g‘risida;

🌐Bahs va munozaralar bilan o‘tgan sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10