📚 Kutubxona fondlari va kitob mutolaasi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Amanov tuman axborot-resurs markazida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoitlar hamda kitob fondining saqlanish holatini o‘rgandi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 552-sonli qarori ijrosiga qaratildi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, saqlash hamda kutubxona fondlarini tekshirishning yangi tartiblari markaz faoliyatida qanday tatbiq etilayotgani ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida deputat:
🔹 Kitob fondining inventarizatsiya holati;
🔹 Noyob va qimmatli nashrlarning saqlanish darajasi;
🔹 Kitobxonlar uchun yaratilgan raqamli va an'anaviy imkoniyatlar bilan tanishdi.
Suhbat davomida markaz xodimlari bilan sohadagi yangi tartib-qoidalarni qo‘llash va aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.