Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov Yakkabog’ tumaniga tashrif buyurib, hududdan saylangan tuman va viloyat deputatlari targ’ibot monitoringlarini tahlili bilan tanishdi.

Deputatlarni faollikka chorlab Qonun ijrosi hamda deputatlar bajarishi lozim bo’lgan tavsiyalar bo’yicha alohida tushintirish ishlari olib bordi.

Shuningdek, tuman Kengashi kotibiyat xodimlari bilan ham suhbat o’tkazilib, yo’l qo’yilgan kamchiliklar aytib o’tildi.

❗️Shu jumladan, hududlardagi masalalar ham kotibiyat mudiri nazaridan chetda qolmadi. Unda Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig'i O.Ravshanov bilan birgalikda tumandagi Chinobod MFYda PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi” faoliyati o’rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat chuqur tahlil qilinib, mahalla tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, kotibiyat mudiri tomonidan quyidagi yo‘nalishlar yuzasidan aniq va dolzarb savollar o‘rtaga tashlandi:

➡️ xotin-qizlar bandligi hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

➡️ aholini tadbirkorlikka keng jalb etishda berilgan kreditlarning samarali ishlatilishi.

Mazkur savollar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli ma’lumot va tushuntirishlar berildi hamda joyiga chiqib o’rganildi.

 (https://www.youtube.com/@fasco2025)✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! (https://t.me/qashdep2024)

😎 Facebook (https://www.facebook.com/fazliddin.siddiqov.39) | 😎 Instagram (https://www.instagram.com/qashantikor09.12/) | 😎 X (https://x.com/qashantikor)| 😎 You Tube (https://www.youtube.com/@fasco2025)

Slide 1 of 5