Jańalıqlar

HOKIM VA DEPUTAT

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov va prokurori Ravshan Turdiyev hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Abdunazar Narmuradovlar olis hududda joylashgan Qo‘sharcha mahallasida mahalla “yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash hamda profilaktika yo‘nalishidagi faoliyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, mahalla tizimi samaradorligini oshirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5