Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, shahardagi sanitar-epidemiologik holat hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning hisoboti eshitildi. Yig‘ilish doimiy komissiya raisi Z.Domilayev tomonidan olib borildi. Unda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.

Hisobotga ko‘ra, 2026-yilning 1-choragi davomida Marg‘ilon shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan jami 38 ta tekshiruv o‘tkazilgan. Shundan 7 tasi tadbirkorlik subyektlarida, 6 tasi kommunal sohada (ulardan 3 tasi tadbirkorlik subyektlarida), 20 tasi esa bolalar va o‘smirlar gigiyenasi yo‘nalishida amalga oshirilgan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 25 ta jarima qo‘llanilib, ularning umumiy summasi 95 million 584 ming so‘mni tashkil etdi. Shundan 41 million 522 ming so‘m undirilgan. Ayrim tadbirkorlik subyektlariga oid hujjatlar esa qonuniy choralar ko‘rish uchun sud organlariga taqdim etilgan.

Laboratoriya tekshiruvlari ham tizimli ravishda olib borildi. Jumladan, sanitariya-gigiyena laboratoriyasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlaridan 51 ta, ichimlik suvlaridan 160 ta hamda atmosfera havosi va boshqa omillardan 2177 ta namunalar olinib, tahlil qilindi. Bakteriologiya laboratoriyasida 3960 ta tahlil, parazitologiya yo‘nalishida esa 4762 nafar fuqarodan 5087 ta tahlil o‘rganildi.

Kasalliklarning oldini olish va ularning tarqalishini cheklash maqsadida zararsizlantirish ishlari ham keng ko‘lamda amalga oshirildi. Xususan, virusli gepatit, o‘tkir ichak kasalliklari hamda boshqa infeksiya o‘choqlarida jami 178 ta dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar samaradorligini ta’minlash maqsadida 70 ta nazorat namunasi qayta tahlildan o‘tkazildi.

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar ham e’tibordan chetda qolmayapti. Hisobot davrida portal orqali kelib tushgan 5 ta murojaatning barchasi o‘z vaqtida ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, viloyat darajasidan kelib tushgan 30 ta ko‘rsatma xatlari ham o‘z muddatida ijro etilgan. Shahar hokimligi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi ham to‘liq ta’minlanmoqda.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan atroflicha muzokaralar olib borilib, sohada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida sanitariya holatini yanada yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish hamda aholining sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5