Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
AHOLI MUROJAATI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev, xalq deputatlari Xorazm viloyati deputatiF.Sa’dullayeva bilan hamkorlikda “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaroO.Rustamova, Do‘stlik mahallasidan I.Hakimova hamdaKo‘xna qal’amahallasidan B.Ro‘zmetovalarning O‘zbekiston Respublikasi Senati raisigayo‘llagan murojaatlari yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.  

Xususan, “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaro O.Rustamovaning murojaatida ikkita masala qayd etilgan bo‘lib, kredit ajratish yuzasidan Bank va Banklar to‘g‘risidagi Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normalar xususida huquqiy tushuntirish berildi. 

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yaqin qarindoshini nogironlik aravachasi bilan ta’minlash masalasidagi murojaati yuzasidan zarur hujjatlari qabul qilinib, shahar inson ijtimoiy xizmatlari markazi bilan hamkorlikda aravacha taqdim etishga kelishildi. 

Boshqa fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Bu kabi uchrashuvlar aholi muammolarini bevosita o‘rganish va ularga manzilli yordam ko‘rsatishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 2