Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich 2-Yozuvchilar saylov okrugi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich saylangan Bobur nomli mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari: mahalla raisi Sultanov Sharofiddin Yusupovich,hokim yordamchisi Abduraxmanov Shuxratbek Toxirjon o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Axmadaliyeva Barnoxon Sharofiddinova, yoshlar yetakchisi Xakimov O‘tkirbek Jo‘raxon o‘g‘li, profilaktika katta inspektori Komilov Shoxruxbek Tursunboy o‘g‘li hamda ijtimoiy xodim Mallayeva Ma’rifat Yuldashevna bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni kompleks (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida aniq mexanizmlarni joriy etish, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalaridan biri aynan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish ekani, bu borada ularning mas’uliyati va o‘zaro hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglash belgilab olindi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1