Jańalıqlar

Deputat o‘zi tahsil olgan maktabda ko‘chat ekdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Isakulov Abbos o‘zi tahsil olgan 4-umumta’lim maktabiga borib, hududda ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdi. U maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida bir nechta daraxt ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.

Deputat o‘quvchilarni tabiatni asrash, daraxt ekish va atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Ekilgan ko‘chatlar kelgusida maktab hududining yanada chiroyli va soyali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus maktabda ekologik madaniyatni oshirish hamda hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 5