Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat Temiryo‘l mahallasi ichki ko‘chalari holati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumab Kengashi deputati M.Saidov Temiryo‘l mahallasida bo‘lib, hududdagi ichki ko‘chalarning holatini o‘rgandi. Aholi bilan bevosita muloqot davomida yo‘llarning sifati, ta’mirtalab joylar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ayniqsa ichki yo‘llarni ta’mirlash va qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi muammolarini joyida hal etish va hududlarni yanada obod qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2