Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Dilobar Daliyeva, O‘zLiDeP partiyasi tuman Kengashi hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Sa’dullayev ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish manzili — “Shiramon” MFY. Ishchi guruh hududdagi tikuvchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishdi.
✅ Asosiy maqsad:
• Tadbirkorlarning bugungi faoliyatini ko‘zdan kechirish;
• Ishchi xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish;
• Mavjud muammolar va takliflarni tinglab, ularga amaliy yechim topish.
Sohani rivojlantirish orqali mahalla ayollarining bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarimizga tavsiyalar berildi.