Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Jinoyatchilikning oldini olish — ustuvor vazifa

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish borasida mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 

 O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, profilaktika noziri tomonidan aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. 

 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchilikni bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.  

 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4