Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Hududdagi istirohat maskanlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda tuman Kengashi deputati L.Karimova tomonidan tumandagi “Orzu” istirohat bog‘i va Xotira xiyoboni hududlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur maskanlarning obodonlashtirilishi, hudud tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavjud infratuzilma holati, shuningdek fuqarolarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilot vakillariga zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4