Jańalıqlar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaqindan o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat Yoyilma, Togʻliq hamda Tut tagi MFY larda istiqomat qilayotgan, Ijtimoiy reestrga kiritilgan xonadonlarga borib, ularning yashash sharoiti, kundalik muammolari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir ehtiyojlarini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bandligini ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordam va imtiyozlarning manzilli yetib borishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 8