Jańalıqlar

Park va hiyobonlar obodonchiligi deputat e’tiborida.

Oʻrganishdan maqsad deputat nazoratiga olish. 

Tuman Kengashi deputati 16-Qumrabot saylov okrugi deputati B.Sa’dullov hududdagi park, hiyobon va bog‘larning holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida yashil hududlarning obodonchiligi, sanitariya holati, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash ishlari hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni yanada obodonlashtirish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz dam olish maskanlarini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Parklar, hiyobonlar va bogʻlarni saqlash hamda rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1