Jańalıqlar

🔹Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi.

🔹Yig‘ilish davomida Margʻilon shahar hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalari muhokama qilindi. Xatlov yakunlariga ko‘ra, nomsiz hamda nomlari takroriy deb topilgan ko‘chalar bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirilgani qayd etildi.

🔹Mazkur masalani Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4