Jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi binosida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Boyovut tumani Adliya bo‘limining 2025-yil yakunlari bo‘yicha tumanda norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarining holati yuzasidan axboroti eshitildi.

Yig‘ilish davomida tumanda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar sifati, ularning amaliyotda qo‘llanilishi, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish hamda aholiga qonunlarning mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 7