Jańalıqlar

Depuatat va saylovchilar uchrashuvi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida saylovchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi

💠Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

💠Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

💠Deputat o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berib, saylovchilar bilan doimiy va ochiq muloqot olib borish muhimligini ta’kidladi

💠Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, dolzarb masalalarga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.