Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 16-Eshonguzar okrugi deputati, tuman hokimi E. Rustamov o‘zi saylangan hududida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
9-okrug deputati A.Shapovalov Bog‘zor MFYdagi saylovchilar muammolari bilan tanishdi
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📗Bugun Zangiota tumanidagi 32-umumiy o‘rta taʼlim maktabida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi 30-Erkin saylov okrugi deputati Saidov Toxir To‘lanbayevich, 31-Zangiota okrugidan saylangan deputat Fayziyev To‘lqinjon Obidovich, hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 8-okrug deputati Muxitdinova Nilufar Tulkinovna yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, maktabdagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 6