Jańalıqlar

DEPUTAT BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi B.Bekniyazov axiatosh tumani “Sarayko‘l” ovul fuqarolar
yig‘inida faoliyat yuritayotgan meditsina xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida hududda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Deputat tomonidan soha xodimlarining fidokorona mehnati e’tirof etildi hamda ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi. 

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.  

Slide 1 of 3