Mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati Ch.Abdurasulova tomonidan tumandagi "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan aholi bilan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.