Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati A.Xudaybergenov o‘zi saylangan Bayterek mahalla fuqarolar yig‘ini yetakchilari bilan uchrashib, 2026-yilda olib boriladigan ishlar, hududdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha fikrlashdi.
Shuningdek, deputat mahalla aholisiga hududda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilishi haqida tegishli vazifalarni belgilab oldi.