Jańalıqlar

Kengashning doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengashning doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan shahridagi mahallalarda biznes infratuzilmasini yaxshilash, loyihaviy yondashuv asosida ularning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish, shuningdek, shahar hokimligi tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tanlangan og‘ir toifadagi mahallalarni tasdiqlash hamda ularda zarur infratuzilmani yaratish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri U. Ahmedxodjayevning hisoboti tinglandi. Muhokamalar yakunida tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3