Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev va Mahalla raisi tomonidan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolaridan tushgan ariza belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, fuqarolar bilan bevosita muloqot olib borildi. Aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirishlar berildi.
Ushbu ishlar murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratildi.