📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida 2026-yilda shaharni kompleks rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
📊 2025-yil natijalari
PQ–12-son qarori asosida 2025-yilda:
Reja – 33,2 ming ish o‘rni
Amalda – 50 mingdan ortiq fuqaro bandligi ta’minlandi (151,5%)
197 ta mahalla kesimida:
50 ta mahallada ishsizlar mavjud emas
69 ta mahallada 1 nafargacha
38 ta mahallada 2–5 nafargacha
35 ta mahallada 6–10 nafargacha
5 ta mahallada 10 nafardan ortiq ishsiz fuqaro mavjud
2026-yil boshiga:
Mehnat resurslari – 404,6 ming nafar
Iqtisodiy faol aholi – 275,6 ming nafar
Ishsizlar – 10,8 ming nafar (3,8%)
🎯 2026-yil rejasi (PQ–49-son qaror)
2026-yilda shaharda 42 ming nafar fuqaroning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Shundan:
🔹 Mikrolayihalar – 14,7 ming
🔹 “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish” va “20 ta mahalliy brend” – 11,1 ming
🔹 “Barqaror kelajak sari” (yoshlar bandligi) – 4,6 ming
🔹 Tadbirkorlik infratuzilmasi (“gavjum ko‘chalar”, “sohil va yo‘l bo‘yi”, “turistik mahalla”) – 3,9 ming
🔹 Har bir mahallada 10 tadan xonadon bilan loyiha paketlari – 2,2 ming
🔹 Kasb-hunarga o‘qitish (vaucher va buyurtma asosida) – 2,1 ming
🔹 “Mehnatsevar ayol” dasturi – 1,8 ming
🔹 “Teng imkon” inklyuziv bandlik – 724 nafar
🔹 Drayver loyihalar – 392 nafar
🔹 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali – 299 nafar
🔹 Mahalla ixtisoslashuvi asosida – 162 nafar
📌 Maqsad – yil yakuniga qadar Samarqand shahrini “Ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish.
🏘 “Og‘ir mahalla” dasturi
2025-yilda:
“Yangi Hayot” va “Chilquduq” mahallalarida:
4 ta transformator punkti
40 ta temir-beton ustun
9,3 km SIP-2 kabel
3 ta suv nasosi
1220 metr suv quvuri tortildi
2026-yilda:
“Darg‘om” va “Nurafshon” mahallalarini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilash uchun:
Respublika budjetidan – 4 mlrd so‘m
Viloyat mahalliy budjetidan – 2 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
🔎 Ustuvor yo‘nalishlar
Mahallalarni ixtisoslashtirish va loyiha asosida rivojlantirish
Yuqori daromadli va barqaror ish o‘rinlari yaratish
Rasmiy bandlikni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish
Xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar tayyorlash
Kambag‘allikni qisqartirish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish
🟢 Asosiy maqsad – Samarqand shahrini tadbirkorlik uchun qulay, daromad manbalari kengaygan va namunali hududga aylantirish.