Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Prezident Murojaatnomasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Tadbir davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, davlat xizmatlarini
raqamlashtirish hamda “servis davlat” tamoyillarini joriy etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Deputat o‘z chiqishida Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar joylarda izchil amalga oshirilishi, bunda jamoatchilik faolligi va fuqarolarning bevosita ishtiroki
muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, aholining taklif va tashabbuslarini eshitish, mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan fikr almashildi.
 

Targ‘ibot tadbiri ishtirokchilari Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan maqsadlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam asosi ekanini qayd etdilar.  

Slide 1 of 5