✅Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanida noqonuniy qurilmaning buzilishi va yongʻin sodir boʻlgani haqida tarqalgan xabarlar deputat T. Xoliqov hamda Viloyat Kengashi deputatining vakili, O‘zLiDeP partiyasi viloyat Kengashi masʼuli D.To‘laganov tomonidan oʻrganildi.
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-okrug deputati N.Muxitdinova murojaat bilan kelgan fuqaro R.Ibotova bilan uchrashib, uning muammolarini o‘rgandi.
✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-saylov okrugi deputati T.Xoliqov “Keng-kechik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni atroflicha o‘rgandi.
♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan “Chinor” mahallasida mahalla raisi va faollari ishtirokida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰6-saylov okrugi deputati T.Xoliqov "Dehqonobod" mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
Zangiota tumani hokimi - tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov o‘z saylov okrugida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi 15-okrug deputati K.Mamurova fuqaro murojaatini tingladi.
♻️Suhbat davomida fuqaroning bandligi, bolalarini maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan muammolari o‘rganildi.
✨17-okrug deputati Yorqinoy Mirzaxmedova tomonidan "Xo‘jamozor" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.
✅Bog‘zor MFY, Harbiylar ko‘chasi, 64-uyda yashovchi fuqaro A.Abzalovning murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✨Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan O‘rikzor mahallasiga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘lining kirish-chiqish qismlarini asfaltlash ishlari oldidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.