Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
VETERINARIYA XIZMATI VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

Chorvachilikni rivojlantirish, hayvonlar salomatligini muhofaza qilish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish qishloq xo‘jaligi barqarorligining muhim omilidir. Bu boradagi ishlarning samarali tashkil etilishi chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, chorva mollari orasida kasalliklarning oldini olish va aholi uchun xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Yangiobod tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida veterinariya xizmatlarini tashkil etish, chorva hayvonlari orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik emlash tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Chorva hayvonlarining sog‘lomligini ta’minlash, veterinariya-profilaktika tadbirlarini tizimli tashkil etish, chorvadorlarga amaliy ko‘mak berish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhim vazifalardan hisoblanadi.

O‘rganish yakunida veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, chorvadorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Maqsad — tumanda veterinariya xizmatlari sifatini yaxshilash, chorva mollari salomatligini muhofaza qilish va chorvachilik tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.

Slide 1 of 3