Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

DASHTBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Dashtbog‘” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar bilan ishlash hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganishi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 

6-yo‘nalishi — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va fuqarolar bilan ishlash hamda 23-yo‘nalishi — aholi bandligini ta’minlashga oid vazifalar bilan hamohangdir.

Huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 

2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 3