Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
FAROVON OILA” — OILA MUSTAHKAMLIGI VA HAMJIHATLIK SARI

“FAROVON OILA” — OILA MUSTAHKAMLIGI VA HAMJIHATLIK SARI

“Farovon oila” loyihasi doirasida O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohibа Gaffarova Gulbog‘ va Yakkasada mahallalarida yashovchi, oilaviy ajralish xavfi ostida turgan oila bilan suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida oila muqaddasligi, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, oilaviy kelishmovchiliklarni o‘zaro tushunish, murosaga kelish va bir-birini tinglash orqali hal etish, oilani saqlab qolishda har ikki tomonning mas’uliyati muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

Huquqiy jihatdan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilaviy munosabatlarni tartibga solish, er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilash hamda oila manfaatlarini himoya qilishning asosiy huquqiy manbalaridan biridir.

Oilani asrab-avaylash, unda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va farzandlar manfaatlarini himoya qilish jamiyat farovonligining muhim shartidir.

Oilani asrash — farzandlar kelajagi va jamiyat farovonligini asrashdir!

Slide 1 of 2