Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH VA HUDUD TOZALIGI MASALALARI O‘RGANILDI

DASHTBOG‘ MAHALLASIDA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH VA HUDUD TOZALIGI MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Dashtbog‘” mahallasida hududning sanitariya holati hamda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

O‘rganish davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘cha va aholi yashash hududlarida tozalikni saqlash, chiqindi tashish xizmatining tashkil etilishi hamda fuqarolar uchun qulay va sanitariya talablariga mos muhitni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 

14-yo‘nalishi — kommunal xizmatlar, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar doirasida amalga oshirildi.

Huquqiy jihatdan ushbu yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-928-son “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bilan bog‘liq.

Mazkur qonun chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.

Hududlarda tozalikni saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash aholi salomatligi hamda yashash muhitini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 5