Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

💧 Olmazor mahallasida suv minorasi qurilishi masalasi ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Akram Xaliqovich Abdimuratov tomonidan Olmazor mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va aholini sifatli hamda uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Pastdarg‘om tumani filiali boshlig‘i X. Sayfievga deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Deputat so‘rovida mahallada ichimlik suvi ta’minotining amaldagi holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda suv minorasi qurilishi zaruriyatini ko‘rib chiqish masalalari ilgari surildi.

✅ Shuningdek, suv minorasi qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, zarur mablag‘larni shakllantirish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash va mazkur masalani tegishli dasturlarga kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

🎯 Maqsad — Olmazor mahallasi aholisining ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarini bartaraf etish, suv bosimini barqarorlashtirish va fuqarolar uchun qulay turmush sharoitini yaratish.

📄 Deputat so‘rovi yuzasidan ko‘rib chiqish natijalari va amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.