Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

➕Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya ishchi guruhi tomonidan Pastdarg‘om tuman Tez tibbiy yordam tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

💎O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda aholiga tezkor tibbiy yordam yetkazish tizimi ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, tashkilotda 30 ta brigada faoliyat yuritib, ular 30 ta maxsus avtomobil orqali aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

✈️Shuningdek, muassasada 110 nafar vrach hamda 202 nafar hamshira fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Bu esa aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👨‍💼Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari deputatlar nazoratida bo‘lib qoladi.