Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik faoliyati

                        24 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda
Joriy yilning 19-oktabr kuni 12-Navoi saylov okrugidagi vakant deputatlik o‘rni bo‘yicha Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi raisi A. Rasulov hamda Qoraquduq MFY ijtimoiy xodimi K. Tursunxo‘jayeva ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Qoraquduq MFYdagi ijtimoiy reyestrda jami 61 ta oila ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan:

15 ta oila davlat ta’minotidagi oilalar;
30 ta oila kambag‘al oilalar;
16 ta oila kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kiradi.
Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 8 ta oilaga esa kiyim-kechak yetkazib berilgan.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan. 

Slide 1 of 2