Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "13-Uchtepa" okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan Uchtepa tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Raxmonberdiyevga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Ushbu deputatlik so'roviga ko'ra, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 14-sonli va 295-sonli umumta’lim maktablarida “Jasorat maydoni”ni qurish uchun jami 1 200 000 000 (bir milliard ikki yuz million) so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

⚠️ Mazkur loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida quyidagi savollarga aniq ma’lumot taqdim etish so‘ralmoqda.

  ✍️ 14-sonli va 295-sonli umumta’lim maktablarida “Jasorat maydoni” qurilishi hozirgi kunda qaysi bosqichda va ajratilgan 1 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘ning qancha qismi o‘zlashtirilgan?

  ✍️ Har bir maktabdagi qurilish ishlarini yakunlash hamda obyektlarni foydalanishga topshirishning aniq sanalari qachon belgilangan?

   ✍️ Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlashga mas’ul tashkilotlar va mansabdor shaxslar kimlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?

✍️ ushbu masalalar yuzasidan asoslantirilgan va aniq yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3