Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

BOG‘OBOD MAHALLASIDA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Anvar Usmanov tomonidan Bog‘obod mahallasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida amalga oshirildi. Unda tegishli mas’ul xodimlar ham ishtirok etib, ko‘p qavatli uylarning holati va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati ko‘rib chiqildi.

🤔 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi, shuningdek, umumiy foydalanish joylarining holati ko‘zdan kechirildi.

🕯 Ko‘p qavatli uylarni saqlash, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining sozligini ta’minlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish boshqaruv servis kompaniyalarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu bois, o‘rganish davomida mavjud holatni yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

📈 Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — deputatlik nazoratini kuchaytirish, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda tozalik, obodonlashtirish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3