Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O’RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini joyida ko‘rib chiqish hamda tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

👤Qabulda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi
A. Saidaliyev, tuman mas’ullari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

✍️Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaat va takliflari tinglanib, ularning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹Kommunal soha: elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan bog‘liq masalalar.

🔹Ijtimoiy himoya: ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam, imtiyoz va subsidiyalar ajratish masalalari.

🔹Iqtisodiy imkoniyatlar: ishga joylashish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘mak.

🔹Huquqiy va maishiy masalalar: uy-joyni ta’mirlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda mulk huquqiga oid murojaatlar.

✅Deputat A. Saidaliyev tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌Murojaatlarning ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.