Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A., tuman prokurori Y.Abdurahmonov hamda tuman IIO FMB boshlig‘i M. Vafoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Yoshlar ijod saroyi” binosida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan amaliy ishlar o‘rganildi.

✅Yarmarkada tumandagi 64 ta mahalladan 100 nafardan ortiq ishsiz yoshlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishsiz a’zolari ishtirok etdi.

📝Tadbirda Yunusobod tumanida faoliyat yuritayotgan bank filiallari, tadbirkorlik subyektlari hamda Yunusobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi bo‘limi tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

❗️Natijada 70 nafardan ortiq ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

📌 Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🔹 Deputatlik nazorati doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish va murojaatlarini amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 2