Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_Qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🏛 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik holati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sherobod tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–393-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni monitoring qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, ularning tarqalishini cheklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar holati o‘rganildi.

📋 Shuningdek, ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda sanitariya qoidalariga rioya etilishi, davlat sanitariya nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan kamchiliklar va ular yuzasidan ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

💉 Bundan tashqari, aholi o‘rtasida shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzi, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, emlash tadbirlarining qamrovi hamda Milliy emlash taqvimi ijrosi yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

🤝 O‘rganish jarayonida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3