Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
KENGASH BINOSIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

KENGASH BINOSIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov boshchiligida shahar Kengashi faoliyati uchun ajratilgan binoda kapital ta’mirlash ishlarining boshlanishi va ularni tashkil etish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Namangan shahar moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Axmedxodjayev, shuningdek, kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi quruvchi ishtirok etdi. Jarayon davomida binoning ta’mirtalab qismlari, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda ta’mirlash jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Kengash raisi R. Isakov mas’ullarga kapital ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va puxta bajarish, ish jarayonida qurilish talablariga rioya etish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarining borishini nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyati uchun ajratilgan binoni belgilangan muddatlarda sifatli ta’mirlash, samarali ish yuritish uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 6