Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi




Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi “Chinoz tumani hokimligi huzuridagi ‘Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik’ jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Gulzarobod mahallasida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlarida doimiy komissiya raisi S. Axmedova hamda kotibiyat mudiri A. Bahromov ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida “Gulzarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ehtiyojidan kelib chiqib, 300 metr SIP kabel xarid qilish uchun 4,5 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanganligi yuzasidan masala o‘rganildi.
Mazkur mablag‘larning ajratilishi mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.
Sessiya oldi o‘rganishdan asosiy maqsad — jamg‘arma mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini o‘rganish, aholi murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda hududdagi dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 2