Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” MFY hududida bolalar sport maydonchasini qurish masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Fuqarolar murojaati asosida “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar oldida barpo etilayotgan workout sport maydonchasining qurilish jarayoni hamda mazkur loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, zamonaviy sport maydonchasi fuqarolarning tashabbusi va faolligi asosida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida moliyalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

️Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan loyihaning huquqiy va tashkiliy jihatlari, uni amalga oshirishga mas’ul ijrochi tashkilotlarning vazifalari hamda qurilish ishlarini davom ettirish bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritildi.

️Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi